Qayd etilişiça, pensiya va nafaqa tölovlari bilan işlaş şu’basi, pensiya va nafaqa tarqatiş böyiça kassiri va filialning şu yönaliş böyiça buxgalterlar nazoratçisi filial boşliği tomonidan filialga qaraşli bankomatlarga mas’ullik xizmati biriktirilganidan foydalanib bankomatlarga naqd pullarni joylaştiriş vaqtida maxsus muhrlarni buzib, pullarni talon-toroj qilgan.
Dastlab filial binosidagi bankomatdan 4 million 200 ming söm pullarni olgan xodimlar işini davom ettirib, olinayotgan pullar miqdorini oşirgan. Tumanning Neftçilar mahallasida joylaşgan bankomatdan 41 million 800 ming söm, Şirmonbuloq mahallasidagi bankomatdan 65 million söm – jami 111 million söm naqd pullarni qölga kiritgan.
Ma’lum bölişiça, talon-toroj qilingan uşbu pullar tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida töliq qoplangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda bank xodimi odamlarning nafaqa pullarini onlayn qimorga tikib yuborgani xabar qilingandi.












