Markaziy bank 23 sentabrdan xorijiy valutalarning sömga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.

1 AQŞ dollari 30,32 sömga qimmatlab, 11 010,33 söm etib belgilandi. Bu 13 iyundan buyon maksimum, uç oy oldin Amerika valutasi 11005,03 söm bölgandi.

22 sentabr kuni tijorat banklarida dollar 11035 sömlik kursda sotilgan, sotib oliş kursi 10925 sömdan 11020 sömgaçani taşkil etgan.

Gazeta.uz ma’lumotiga köra, payşanba kuni Toşkent valuta birjasida savdolar hajmi 187 mln dollarni taşkil etgan. Bu 25 iyuldan (256 mln dollar) buyon maksimum körsatkiçdir.

Şuningdek, yevro 52,47 sömga arzonladi va 10 851,78 sömga teng böldi, rubl 2,47 sömga kötarilib, 183,58 sömni taşkil etmoqda.

21 sentabr kuni dollarning rasmiy kursi 29,55 sömga qimmatlab, 10 980,01 söm etib belgilangan edi.