Isroil boş vaziri Yair Lapid BMT Boş assambleyasida qilgan çiqişida ikki xalq örtasidagi mojarolarga çek qöyiş uçun Falastin muxtoriyati bazasida tölaqonli davlat tuziş töğrisidagi qarorni qöllab-quvvatlaşini e’lon qildi.

«Bizda faqat bitta şart bor: bölajak Falastin davlati tinçlikka intilgan bölişi kerak», — degan Lapid.

«Falastinliklar bilan ikki davlat, ikki xalq prinsipiga asoslangan kelişuv — bu Isroil xavfsizligi, iqtisodiyoti, farzandlarimiz kelajagi uçun töğri yöl», — deya qayd etdi Lapid.

Lapidning BMT Boş assambleyasida qilgan bayonoti Isroil sobiq boş vaziri Binyamin Netanyahu tanqid ostiga oldi.

«Lapid Isroilni falastinliklar tomonidan qazilgan çoh tomon boşlamoqda. Lapidga Kfar-Saba, Petax-Tikva va Netaniya çegaralarida Falastin davlati tuzişga yöl qöyib bermasligimiz kerak. Isroilni Oslo falokatiga qaytarişga yöl qöymaymiz», — degan Netanyahu. 

Netanyahu şuningdek, Lapidni Eron bilan kuraşmaganlikda ayblagan.