2022 yil 20 avgust kuni Özbekistondagi Gyote institutida GameDev Goethe 2022 öyinlarini rivojlantiriş inkubatori 3-mavsumining yopiliş marosimi bölib ötdi, uning doirasida Özbekistonda birinçi yirik öyin tadbiri - dasturdagi uç oylik iştirok davomida jamoalar tomonidan yaratilgan öyinlarning Open-Air körgazmasi taşkil etildi.

GameDev Goethe - bu Özbekistondagi birinçi öyinlarni işlab çiqiş inkubatori bölib, uning maqsadi öyinga qiziquvçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş, hamfikrlarni topiş va öz öyinlarini yaratişdir. Ularga bu borada öyinlarni işlab çiqiş borasida köp yillik tajribaga ega mahoratli mutaxassislar yordam beradi.
Loyiha Özbekistondagi Gyote instituti tomonidan 2020 yilda IT Park kömagida yaratilgan. 2020 yil bahorida bölib ötgan inkubatorning birinçi töplamiga bölgan qiziqiş kutilgan natijalardan oşib ketdi — taşkilotçilar iştirok etiş uçun 550 dan ortiq arizalarni qabul qilişdi. 2021 yilda arizalar soni 700 tani taşkil etdi. Joriy yil esa GameDev Goethe inkubatorining 3-mavsumida iştirok etiş uçun 800 dan ortiq ariza topşirildi.

Bu yil GameDev Goethe’da işlab çiqilayotgan öyinlarning mavzusi moliyaviy savodxonlik edi. Tadbirga Özbekistondagi yetakçi tölov ilovalaridan biri bölgan Payme homiylik qildi.
Butun dunyoda odamlar şaxsiy moliyani boşqariş öqiş yoki matematika kabi alohida mahorat ekanligini tuşunib yetmoqda. Moliyaviy savodxonlik elementlari maktab öquv dasturiga kiritilgan, malaka oşiriş kurslari işlab çiqilmoqda, kitoblar yozilmoqda. Qiziqarli öyinni öquv materiallari bilan uyğunlaştirişni taklif qilgan Payme şaxsiy moliya boşqaruvini yangi soğlom odatga aylantiriş maqsadini oldi.

Öyin orqali, "Öyinga asoslangan ta’lim" konsepsiyasi orqali kompaniya bu könikmalari bolalar uçun normaga aylantirişga umid qilmoqda, şunda ular baloğat yoşida özlarining kundalik vazifalarini yaxşiroq hal qilişlari mumkin: ular topganidan qöproq pul sarflamang, özlarini va oilalarini ta’minlasin. Ularga özlariga kerak bölgan hamma narsa bilan öz moliyaviy kelajaklarini rejalaştirişga zamin yaratadi.
300 dan ortiq taşrif buyuruvçilar, şu jumladan 100 ga yaqin mutaxassis taşrif buyuruvçilar GameDev Goethe 2022 inkubatorining 3-mavsumi finaliga çiqqan 20 nafar rezidentlarning yangi mahsulotlari va işlanmalari bilan tanişib çiqdilar.













