BMT Boş assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti boş kotibi Helga Mariya Şmid bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Vladimir Norov Özbekiston YeXHTni harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik va insoniy ölçovlarda xavfsizlik masalalari böyiça siyosiy muloqot uçun noyob xalqaro platforma deb bilişini qayd etdi. Özbekiston va YeXHT örtasida jadal kengayib borayotgan hamkorlik qayd etildi.
Helga Şmid Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni, gender tengligini ta’minlaş masalalariga qaratilayotgan e’tiborni olqişladi. Rasmiy Toşkentning xorijiy şeriklar bilan hamkorlik va mintaqaviy özaro boğliqlikni rivojlantiriş, qöşni Afğonistonga kömaklaşiş borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.
Tomonlar YeXHTning Özbekistondagi loyiha faoliyatini harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik va insoniy ölçovlarda kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.












