«Özbekiston temir yöllari» Berlinda bölib ötgan InnoTrans 2022 transport texnologiyalari xalqaro körgazmasida iştirok etdi. 

Özbekiston transport vazirligi, «Özbekiston temir yöllari», Germaniyaning KFV taraqqiyot banki hamda Deutsche Bahn AG kompaniyalari iştirokida tört tomonlama memorandum imzolandi.

Uşbu hujjat elektropoyezdlar hamda yölovçi vagonlar sotib olişda Germaniyaning KFV taraqqiyot banki imtiyozli kredit liniyasidan foydalanişni nazarda tutadi.

Körgazma doirasida Özbekiston vakillari dunyoning yetakçi kompaniyalari, jumladan, Polşaning poyezdlar, vagon va tramvaylar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Pesa konserni hamda temiryöl transportini işlab çiqariş böyiça jahon bozori qariyb yarmini egallab kelayotgan Xitoyning CRRC Corporation Limited korporatsiyasi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralar çoğida «Özbekiston temir yöllari» vakili Germaniyaning KFV taraqqiyot bankidan olinadigan imtiyozli kredit liniyasidan foydalanişda ötkaziladigan tenderda har ikki yirik işlab çiqariş kompaniyalarini iştirok etişga taklif qildi.