“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev taşabbusi bilan 2021 yilning fevral oyida jamiyatning xalqaro kredit reytinglarini oliş böyiça tizimli işlar boşlangan va buning natijasida ötgan yilning sentabr-oktabr oylarida xalqaro reyting agentliklaridan reytinglar olingan edi. 

“Özbekneftgaz” AJ kredit reytingi tasdiqlanişi munosabati bilan e’lon qilingan hisobotida “Fitch Ratings” agentligi “Özbekneftgaz” AJning davlat bilan mustahkam aloqalarini uning reytingini baholaşning asosiy omillari sifatida ta’kidlagan.

 

Şu örinda eslatib ötiş joizki, 2022 yilning 1 aprelida “Fitch Ratings” agentligi Özbekiston Respublikasining uzoq muddatli kredit reytingini “barqaror” başorati bilan “BB-” darajasida saqlanib qolganini tasdiqlagan edi.

Aytiş kerakki, “Özbekneftgaz” AJ Özbekiston Respublikasidan suveren darajada xalqaro kredit reytingini olgan va saqlab kelayotgan birinçi kompaniya hisoblanadi.

Ma’lumot uçun: “Fitch Ratings” - amerikalik korporatsiya, asosan reyting agentligi sifatida tanilgan. Xalqaro reyting agentliklarining “Katta uçlik” deb atalmiş birligidan örin olgan. Jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit reytinglari, tuşunçalari va ma’lumotlari bilan ta’minlaşga ixtisoslaşgan.

Kredit reytingi - bu risk omillarini baholaş asosida qarz oluvçining umumiy kredit töloviga layoqati yoki muayyan qarz majburiyatlari böyiça qarz oluvçining kredit töloviga layoqatliligi haqidagi reyting agentligining fikri.

“BB-“ darajasi kredit xavflari mavjud bölişi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olişini bildiradi.

“Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati