Moskva Vaşingtonni Ukrainadagi nizo sababli özaro harbiy töqnaşuvga yöl qöymaslikka çaqiradi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
«Ğarbning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga aralaşuvi xatari haqida ogohlantiramiz, AQŞ ma’muriyatini Rossiya bilan töğridan töğri harbiy töqnaşuvga olib kelişi mumkin bölgan vaziyatdan qoçişga çaqiramiz»,— dedi u.
Ryabkovning qayd etişiça, Rossiya heç kimga yadro quroli bilan tahdid qilmaydi.
«Undan foydalaniş şartlari harbiy doktrinada aytib ötilgan va Rossiyaning yadroviy tiyib turiş sohasidagi davlat siyosati asoslarida batafsil bayon qilingan»,— dedi Sergey Ryabkov.
U şuningdek, Rossiya AQŞ va NATO bilan oçiqçasiga qarama-qarşilik qilişdan manfaatdor emasligini ta’kidladi.
21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaati çoğida Ukraina va Ğarb mamlakatlarini «yadroviy şantaj»da ayblagandi. U hududiy yaxlitlikka tahdid bölganida Rossiya va rossiyaliklarni himoya qiliş uçun barça qurollardan foydalanilişini bildirdi.












