«Oçiq osmon» rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uçun reyslar va yönalişlar böyiça çeklovlar bekor qilinişini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo bitim mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oşira oladi.
Joriy yil 1 oktyabridan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartib joriy etilgani töğrisida çet el aviatsiya ma’muriyatlari örnatilgan tartibda xabardor etilgan.












