Rossiya öz fuqarolariga qöşib migrantlarni ham uruşga tortyapti

Rossiya Ukraina hududlarini bosib oliş uçun davom ettirayotgan uruşning 8-oyiga kelib, uruşga jalb etilayotgan özbekistonliklar soni keskin ortib ketişi xavfi yuzaga keldi. Rossiya rasmiylari Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni yoppasiga uruşga olib ketiş niyatini yaşirib ötirmayapti va bu borada amaliy harakatlar boşlanib ketgan.

Asosan markaziy osiyolik muhojirlar patent oliş uçun boradigan Saxarovadagi migratsiya markazida harbiy komissarlik oçildi. Bu yerda çet el fuqarolariga Rossiya armiyasiga xizmatga kiriş va buning evaziga Rossiya fuqaroligini osonroq oliş tarğib qilinyapti.

Ma’lumot uçun aytiş kerakki, nafaqat Özbekiston, balki Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston qonunlarida ham çet elda harbiy xizmatga yollaniş jinoyat ekani yozib qöyilgan. Oddiy qilib aytganda, Rossiyada migrantlar jinoyat qilişga, odam öldirişga taklif etilyapti.

Vaziyatga boşqaçaroq yondaşiş ham mumkin. Şu hafta Vladimir Putin hozirça “qisman” deb aytilayotgan safarbarlik e’lon qildi. Bu safarbarlik, albatta, Rossiya fuqarolariga taalluqli. Ya’ni muhojirlar uruşga taklif qilinayotgan bölsa, Rossiya fuqarolari uruşga majburan olib ketilyapti. Şu muhim farqdan kelib çiqiş aytiş mumkinki, aqli raso erkaklar uçun hozir Rossiyada muhojir statusida böliş Rossiya fuqarosi bölişdan ham afzalroq. Ya’ni sizni uruşga majburan olib ketişolmaydi, istagan vaqtingizda Rossiyadan çiqib ketişingiz ham mumkin.

Şu hafta Ukrainaning törtta hududini Rossiyaga qöşib oliş böyiça şoşilinç “referendumlar” boşlangani, şundan keyin Kiyevning bu hududlarni qaytarib olişga urinişlari Rossiya hududiga hujum deb baholanib, qisman safarbarlik umummilliy safarbarlikka aylanişi kutilayotganini inobatga olsak, fuqaro va muhojir statuslari örtasidagi farq yana ham kattalaşadi.

Ayrim muhojirlarning uruşga öz ixtiyori bilan borayotgani esa, afsuski, katta fojia. Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaning bu harakatiga zarur darajada munosabat bildirolmayotgani – alohida masala; biz faqat şuni aytmoqçimizki, ayni kunlarda Rossiyada qarindoşi yoki tanişi bor har bir özbekistonlik ular bilan boğlanib, uruşga borib qolmaslik böyiça ogohlantirişni öz burçi deb bilişi kerak. Bunda eng kerakli asoslarni sanab ötiş lozim.

Birinçidan, Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati bergan bayonot