Uçar mototsikl

Detroit Auto Show körgazmasida uçar mototsikl taqdim etildi. Bunday noodatiy texnikani işlab çiqariş uçun 6 yil vaqt sarflangan.

Uçar mototsikl bitta oddiy va 4ta elektr dvigatel hamda 6ta parrak bilan jihozlangan. Uning oğirligi 300 kiloni taşkil qiladi. Hoverbayk 100 km/soat tezlik bilan 40 daqiqagaça parvoz qila oladi. 

Motosiklning ilk parvozi muvaffaqiyatli yakunlangan va Yaponiyada 777 ming dollardan sotuvga çiqarilgan. 2023 yildan boşlab esa uçar mototsiklning narxi 50 ming dollar bölgan arzon modellarini ham işlab çiqariş reja qilinmoqda.

ASUS'ning yangi öyin smartfonlari

Foto: ASUS

ASUS kompaniyasi ROG Phone 6D va ROG Phone 6D Ultimate öyin smartfonlarini taqdim etdi.

Ularga MediaTek kompaniyasining Dimensity 9000+ protsessori örnatilgan bölib, qurilmalarning tezkor xotirasi 16 Gb va doimiy xotirasi 256 yoki 512 Gb.

Smartfonlar 6,7 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan. Displey Corning Gorilla Glass Victus oynasi bilan himoyalangan. 

Qurilmalarning old kamerasi 12 Mp, asosiy kamerasi 50 Mp. Akkumulyatori siğimi 6000 mA•sni taşkil etadi. 

ROG Phone 6D smartfoni 910 dollar va ROG Phone 6D Ultimate 1,3 ming dollar narxda sotuvga çiqadi.

Farğonada elektromobil işlab çiqariladi