Rossiya Davlat dumasi ikkinçi va uçinçi öqişda çet elliklar tomonidan Rossiya fuqaroligini olişni soddalaştiriş böyiça qonunçilikka özgartirişlarni qabul qildi, deb xabar berdi qonun çiqaruvçi organ sayti.

Özgartirişlarga muvofiq, «Rossiya qurolli kuçlari, boşqa qöşinlari yoki harbiy tuzilmalarida kamida bir yil muddatga xizmat qiliş uçun şartnoma tuzgan çet el fuqarolari» Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda, yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölmasdan turib olişlari mumkin.

Amaldagi qonunçilikka köra, harbiy şartnoma böyiça kamida uç yil xizmat qiliş kerak, deyiladi xabarda. 

Bundan taşqari, özgartişlarda askar, matros, serjant va starşina unvonida harbiy xizmatga kirayotgan çet el fuqarosi bilan harbiy xizmatni ötaş uçun birinçi şartnoma tuziladigan muddatni beş yildan bir yilgaça qisqartiriş taklif etilmoqda. 

«Yaqin kelajakda Moskva hukumati Rossiya Mudofaa vazirligiga çet el fuqarolarining harbiy xizmatga kirişini taşkil qilişda yordam beriş uçun Saxarovadagi migratsiya markazida töliq infratuzilmani joylaştiradi», dedi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin.

Bundan oldin Boş prokuratura xorijdagi özbekistonliklarga murojaat qilib, özbekistonliklarning çet davlatlar harbiylaşgan tuzilmalariga yollanişi javobgarlikka sabab bölişi haqida ogohlantirdi.

Özbekiston Jinoyat kodeksi 154-moddasi birinçi qismiga köra yollaniş, ya’ni nizolaşayotgan davlat fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biror şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksi 154-1-moddasiga köra, Özbekiston fuqarosi çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan, yollanişi esa 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişiga sabab böladi.