Kun.uz muxbirining suriştiruvlariga köra, fuqarolarning prokuratura, şahar hokimligi va ekologiya idoralariga qilgan murojaatlari heç qanday samara bermagan.

«Metan-zapravka» egalari «şahar bedarvoza» ekanini körsatib qöymoqçidek, quriliş obekti oldidagi köp yillik manzarali daraxtlarni heç bir ruxsatsiz kesib taşlaşgan.

Sanitariya qoidalari va me’yorlariga zid ravişda, aholi yaşaş uyidan bor-yöği 5 metr masofada AGTKSni kim qurayotganini biliş uçun ham ança vaqtimiz ketdi.

Aholi xavfli “qöşni” paydo bölayotganidan xavotirda

Dastlab şu köçada yaşovçi fuqarolarning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik. «Xavfli qöşni»li bölayotgan 20-uyda yaşovçi Muxtorjon Möminov şunday deydi:

«25 yildan beri mana şu manzilda yaşaymiz. Xonadonimizda ikki oila bor. Yaqinda kiçik öğlimni uylantiriş taraddudidaman. Şuning uçun hovlimning etagiga uy soldik. Bundan uç yil oldin qöşni yerning egasi Olimjon degan yigit kelib: «Aka, metan-zapravka qurmoqçiman. Hujjatga siz imzo çekib bermasangiz, “pojar” ruxsat bermas ekan», deganida: «Men bu yerda bola-çaqam bilan yaşayman. Xavf ostida istiqomat qiliş mumkin emas», deb rozi bölmagan edim.

Keyin yerning yangi egalari kelib birovdan ruxsat söramay, aholi ruxsatisiz qurilişni boşlaşdi. Hayronman, qonun yöq. Nahotki har kim xohlaganini qilib ketaversa. Men şaxsan xonadonimning biqinida «metan-zapravka» qurilişiga qarşiman! »

Qöşnilardan Habibullo Yusupov va Mirzohid Hoşimjonov noqonuniy quriliş hamda köp yillik manzarali daraxtlarning kesib taşlanişi böyiça tegişli idoralarga yozgan murojaatlari besamar ketganini aytişdi.