Budjet taşkilotlaridan boşqa barça yuridik şaxslarda 6 oy uzluksiz işlayotgan ayollarga homiladorlik va tuğiş nafaqasini tölaş tartibi belgilandi.

Nafaqa Ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan farzand tuğilgunigaça minimal iste’mol xarajatlari 4 baravari - 1 mln 992 ming söm miqdorida beriladi.

Şunga köra, yuridik şaxslar nafaqa tölaş majburiyati jamğarma hisobidan tölangan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlaş va tölaş uçun asos böladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylaştirilgandan 5 iş kunida ma’lumotlar mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar “Yagona reyestr” tizimiga yuboriladi.

“Yagona reyestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlaş yoki rad etiş haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvçi telefoniga SMS-xabar yuboriladi. 

Nafaqa oy 10-sanasigaça nafaqa oluvçi plastik kartasiga ötkazib beriladi. Plastik karta bölmaganida esa oy 27-sanasigaça naqd körinişda beriladi.