Prezident “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. 

Bu haqda pensiya jamğarmasi xabar bermoqda.

 Unga muvofiq, 2023 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining ön barobaridan ön ikki barobarigaça oşiriladi.

Pensiya jamğarmasining tuşuntirişiça, yangi tartib nafaqat 2023 yil 1 yanvardan keyin pensiyaga çiqadigan fuqarolar uçun, balki 2023 yil 1 yanvardan oldin tayinlangan pensiyalar uçun ham tatbiq etiladi.

Ya’ni örtaça iş haqi pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining ön barobari (bugungi kunda 3 240 000 söm)dan yuqori bölgan pensionerlarning pensiyasi 2023 yil 1 yanvardan qayta hisoblanadi.

Şunda örtaça iş haqi pensiyani hisoblaş bazaviy miqdori 3 888 000 söm böladi. 

Natijada, 352 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi va kelgusi yilda Pensiya jamğarmasidan qöşimça ravişda 1,5 trln sömdan ortiq mablağlar ajratiladi.

Avvalroq Pensiya jamğarmasi mas’uli Kun.uz bilan suhbatda 2022 yil 1 oktyabrdan boşlab 3 toifa nafaqalarini tayinlaş proaktiv tizimga ötayotgani borasida gapirib bergandi.