Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya va Ukrainadagi kabi uruş keçayotgan yerlardagi vatandoşlarimizni turli va’dalar bilan qilinayotgan uruş tarğibotiga uçmaslikka çaqirdi.
«Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya va Ukraina kabi uruş keçayotgan yerlarda istiqomat qilayotgan vatandoşlarimizga turli va’dalar bilan uruşga tarğib qiliş holatlari kuzatilmoqda. Ayrim terrorçi taşkilot vakillari esa paytdan foydalanib, «jihod» da’vosi ostida turli xunrezliklarga çaqiriq bilan çiqmoqda.
Aslida musulmon kişini öz vatanini himoya qilişdan boşqa har qanday harbiy harakatlarda iştirok etişi şar’an joiz bölmaydi. Bu haqda mazhabimizning buyuk olimlaridan biri Imom Muhammad «As-Siyarul-kabir» kitobida aytadilar: «Musulmonlar ğayridinlar bilan birlaşib, boşqa ğayridin jamoaga qarşi urişişi joiz emas», deganlar.
Uşbu uruşga «jihod» nomini beriş jaholatdan boşqa narsa emas. Çunki Islom şariatida jihod uçun belgilab qöyilgan öziga xos şart va talablar mavjud. Agar şartlar topilmasa, u heç qanday jihod hisoblanmaydi. Balki u Islomda harom qilingan uruş böladi. Bunda iştirok etganlar Allohning şariatiga qarşi çiqqan şayton askarlari qatorida böladi. Unda öldirganlar qotil, ölganlar esa gunoh uzra jon bergan boğiylar böladi.
Biz bugungi kunda kuraşlar, ziddiyatlar, dunyoni qayta taqsimlaşga qaratilgan öyinlar avj olgan bir vaziyatda yaşamoqdamiz. Hozir zulm va istibdod, terror va buzğunçiliklar, axloqsizlik va ma’naviy inqirozlar har qaçongidan xatarli tus olmoqda. Şuning uçun bugungi kunning musulmon kişisi har qaçongidan köra ogoh va huşyor bölişi darkor. Xususan, insoniyat taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli böhronlar va notinçliklar paytida turli fitnalarga aralaşmasligi lozim. Bu kabi fitnalarga aralaşiş şar’an harom hisoblanadi. Qolaversa, amaldagi qonunçiligimizda ham xorijiy mamlakatlarning harbiy tuzilmalari, noqonuniy diniy taşkilotlar va terrorçi guruhlar tarkibiga a’zo böliş ta’qiqlangan.
Hadisi şarifda şunday marhamat qilinadi: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi şarifda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam şunday deganlar: «Yaqinda fitnalar böladi. U paytda ötirgan turgandan yaxşidir, u paytda turgan yurgandan yaxşidir, u paytda yurgan yugurgandan yaxşidir. Kim fitnaga kirişsa halokat yoqasiga keladi, kim fitna payti panohgoh yoki saqlanadigan joy topsa u bilan saqlansin!»













