Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş a’zosi Kirill Kabanov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlaşiça, Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida tegişli taklif tayyorlanmoqda.

Inson huquqlari kengaşi a’zosi ta’kidlaşiça, Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning bir yil davomida majburiy harbiy xizmatni ötaşi taklif qilinmoqda. Gap Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston sobiq fuqarolari haqida ketmoqda.

«Uşbu taşabbusning amalga oşirilişi yuqorida nomi keltirilgan davlatlar rasmiylari tomonidan öz fuqarolarining ixtiyoriy ravişda maxsus harbiy operatsiyada iştirok etişini rasman taqiqlaşiga adekvat javob böladi, buning uçun ular öz vatanlarida jinoiy jazoga tortilişi bilan ogohlantirilmoqda», dedi Kirill Kabanov. 

Harbiy xizmat rad etilgan taqdirda, u muhojirlar va ularning oilalarini Rossiya fuqaroligidan mahrum qilişni taklif etyapti. Uning fikriça, bu adolatli böladi.

Eslatib ötamiz, 21 sentabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgan edi.

Bundan oldin Rossiya armiyada xizmat qiliş uçun şartnoma imzolagan xorijliklarga fuqarolik bera boşlaşi xabar berilgandi.

Özgartirişlarga muvofiq, «Rossiya qurolli kuçlari, boşqa qöşinlari yoki harbiy tuzilmalarida kamida bir yil muddatga xizmat qiliş uçun şartnoma tuzgan çet el fuqarolari» Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda, yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölmasdan turib olişlari mumkin.