Tojikiston boş prokuraturasi bir guruh Qirğiziston harbiy xizmatçilari va fuqarolariga zöravonlik, ikki va undan ortiq kişini öldiriş, inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarni qasddan buziş ayblovlari böyiça jinoyat işi qözğatdi.

Boş prokuratura bayonotida aytilişiça, qirğiz harbiylari Tojikiston mustaqilligi, yaxlitligiga putur yetkaziş va mamlakat hududini bosib oliş maqsadida turli rusumdagi harbiy texnika va öqotar qurollardan foydalanib Isfara, Konibodom, Bobojon Ğofurov, Jabbor Rasulov va Lahş şahar va rayonlaridagi Tojikiston çegara ötkazuv punktlari va aholi maskanlariga qurolli hujum uyuştirgan.

«Qirğiziston Tojikiston hududini egallab oliş maqsadida avvaldan tajovuzkor uruşni rejalaştirgan va çegaraoldi rayonlarda oğir turdagi yerusti va havo harbiy texnikalarini va köpsonli harbiylarni joylaştirgan. Şu bilan birga, Qirğizistonning çegara atrofida yaşaydigan 140 mingdan ortiq fuqarosi avvaldan boşqa rayonlarga evakuatsiya qilingan», - deyiladi bayonotda. 

Qayd etilişiça, qirğiz harbiylari Tojikistonning 4 şahar va rayoniga birdaniga hujum uyuştirgan, ular qasddan maktab, masjid, şifoxona kabi fuqarolik obektlariga hujum qilgan.

Tojikiston boş prokuraturasi (tajovuzkor uruş keltirib çiqariş yoki olib boriş, ikki va undan ortiq şaxslarni öldiriş, inson huquqlari böyiça xalqaro me’yorlarni qasddan buziş, diversiya kabi moddalar bilan jinoyat işi qözğatgan.

Avvalroq Qirğiziston boş prokuraturasi tinçlikka qarşi jinoyat moddasi böyiça jinoyat işi qözğatgandi.

Qirğiziston ma’lumotlariga köra, Tojikiston bilan çegaradagi mojaro keskinlaşişi natijasida mamlakatning 59 nafar fuqarosi halok bölgan, jarohatlanganlar soni 183 kişini taşkil qilgan.  

Tojikiston tomoni öz navbatida 41 nafar tojikistonlik halok bölgani, 30 ga yaqin kişi jarohatlanganini bildirdi.