Qirğiziston hukumati saytiga köra, u Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisidagi yangi şartnoma loyihasini kelişiş tartibini boşlaş imkonini beradi.

Özbekiston tomonidan hujjatni boş vazir Abdulla Aripov, Qirğiziston tomonidan Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi, Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi örinbosari Qamçibek Taşiyev imzoladi. 

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş töğrisidagi şartnoma loyihasini kelişiş böyiça Özbekiston tomonining töliq qat’iyatini tasdiqladi.

«Ikki respublika hukumat delegatsiyalari qattiq işlab, özbek-qirğiz davlat çegarasining qolgan uçastkalarini muvofiqlaştiriş böyiça maşaqqatli vazifani amalga oşirdi. Işonçim komilki, delimitatsiya jarayonining yakunlanişi azaliy döstligimiz daxlsizligi va çinakam qardoşlik munosabatlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi», - dedi Abdulla Aripov. 

«Umid qilamanki, bugungi qöşma yiğiliş natijalariga köra, biz prezidentlarimiz tomonidan yaqin kelajakda Qirğiziston va Özbekiston örtasida Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasi uçastkalari töğrisidagi şartnoma loyihasini imzolaş uçun tayyorlaymiz», dedi Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisining örinbosari Qamçibek Taşiyev.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda Özbekiston va Qirğiziston yaqin qöşni, haqiqiy döst va strategik şerikdir. Qirğiziston Özbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, mintaqalararo, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirişga har tomonlama tayyorligi bildirildi.