«Qarz olib sep qilgandim, tölab bölmasimdan qizim qaytib keldi»
|23:34 / 26.09.202233 78315 min
Ma’lum bölişiça, Özbekistonda avgust oyining özida nikohdan ajralişga doir 4123 ta holatlar qayd etildi. Yurtimizda bir oyda şunça ajrim sodir bölayotgan bölsa, bu raqam bir yilda qariyb 50 mingtani, 5 yilda esa 250 mingtani taşkil qiladi. Bu juda ayançli!
Ajralişga nimalar sabab bölmoqda. Quyida biz ayrim qahramonlarimiz hayoti misolida masalaning tub ildiziga e’tibor qaratişga harakat qilamiz.
Malika ajraşganda bolasi çaqaloq edi. Ota-onasidan ayrilganidan söng qaynonasi «men orzu-havasli ayolman, qudalarim bilan bordi-keldi qilişni xohlayman», deb uydan quvib yubordi. Eri çet elga işlagani ketgan edi. Qaynotasi ham yonini olmadi — xotinining gapidan ötolmadi. Öğli qaytib kelişi hamono onasi uni boşqaga uylantirib qöydi. Yigit ham öğillik vazifam dedi-yu, erlik, otalik vazifasiga köz yumdi.
Otasining kasalini davolatiş uçun qizlik uyi sotilib ketgan, borarga joyi, suyangani odami qolmagan Malika bir neça bor böyniga sirtmoq ham solmoqçi böldi. Ammo jajji qizi oldidagi mas’uliyat uni uşlab qoldi. Bugunga kelib qizi Omina 4-sinfga ötdi, ammo ular hali ham ijarama-ijara, boşpanasizlikdan qiynalib yuradi.
Xalqaro miqyosdagi statistik ma’lumotlarga köra, ajraşgan har beşinçi ayol qaşşoqlikka tuşmoqda, har uçinçi ayol uy-joysiz qoladi. Aksariyat erkaklarning turmuş darajasi 10–40 foizga pasayib ketadi. Bu holat öz navbatida jamiyat taraqqiyotiga ham öz ta’sirini ötkazadi va kambağallik ösişi, ijtimoiy yordamga muhtojlar köpayişiga sabab böladi.
BMT tomonidan har yili ajralişlarning global koeffitsiyenti berib boriladi. Mazkur ma’lumotlarga köra, nikohdan ajraşiş statistikasi bir qator ta’sirçan omillar tufayli keskin özgarib bormoqda. Dunyo böyiça ajraşişga juftliklarning özaro mos kelmasligi, xiyonat, giyohvandlik/alkogolga qaramlik, moddiy yetişmovçilik hamda jismoniy/ruhiy zöravonlik katta ta’sir ötkazadi.
Şuningdek, özbek oilalarining ajralişlariga uçinçi şaxslarning aralaşuvi, qaynona-kelin munosabatlari, farzandsizlik, yoş oilalarning öz uy-joyiga, daromad manbaiga ega emasligi kabi omillar ham katta ta’sirga ega.
Qaynonaning aralaşuvi bilan oilasi buzilgan Malika singari ayollar köpçilikni taşkil qiladi. Oila uçun mutlaqo kerak bölmagan oldi-berdi, ötkinçi orzu-havaslar sabab bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bölişmoqda.
“Baxtiyor oila” kitobida keltirilişiça, ota‑onalarning insofsizligi, ularning şariatni bilmasliklari, unga amal qilişni xayollariga ham keltirmasliklari yoş oilalarning ajralişiga sabab bölmoqda. Bunday kimsalar bolasi öz jufti haloli bilan saodatli umr keçirayotganini yetarli hisoblamaydilar. Ular bir-birlariga emas, bizga yoqişlari kerak, degan fikrda böladilar. Islom ta’limotida iloji boriça oilani mustahkamlaşga amr qilingan. Boşqa birovning – agar öşa birov ota‑ona bölsa ham – xohişiga binoan oilani buzişga ruxsat yöq.
Mavzuga oid
Tekinning qadri bölmaydi
Vodiy tomonlarda qiz bolani uzatişning özi bölmaydi. «Qizimni sepini tökis qilay, deya qarz kötardim, — deya gap boşladi özini Odina deb taniştirgan andijonlik ayol. — Turmuşga çiqişidan bir neça kun oldin plastigiga oylik maoşi tuşdi. Şuni ham kamingga işlatay deb, idiş-tovoqlarini butladim. Töydan keyin qaynonasi oyligini söraganda qizim yaqinda tuşgandi, onam sepimga narsa olgandilar, debdi. Şu böldi-yu qaynonasi qizimning közini oçirmaydi. Qizligida olgan oyligiga öziga narsa olişga haqqim yöqmi? Hali olgan qarzimdan qutulmay turib, qizimni quvib yubordi. Qornida bolasi bilan qayerga boradi?! Eri yonini olgan ekan, uni ham xotiniga qöşib çiqarib qöyibdi. Hozir oğiroyoq holi bilan ijarama-ijara yurişibdi».
Juda köp oilalarda ajrimga boş sabab yuqoridagi kabi holatlar bölyapti. Bunday vaziyatda yoşlar alohida yaşaşi kerak, demakki yigitlar özlari mustaqil pul topib, uy-joy qilib, keyin turmuş qilişi kerak.
Statistika qömitasi bergan ma’lumotga köra, 2022 yilning dastlabki avgust oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajraşişlar soni eng köp Toşkent şahrida kuzatildi — 530 ta holat. Şuningdek, ajraşiş holatlari Farğona (508 ta), Samarqand (448 ta) va Toşkent viloyatida nisbatan köp kuzatildi (419 ta holat). Namangan(398 ta) va Andijon viloyatlari ( 369 ta) ham yetakçi örinlarda.
E’tibor bersangiz, ajrimlar asosiy oğirlik qiz tomonga tuşadigan hududlarda köp. Yigit tomonga yuk tuşadigan hududlarda esa kam. Misol uçun Toşkent şahri va vodiy urf-odatlariga köra, qiz tomon kelinga ajratilgan xonalarni pardadan gilamgaça (mebellarni aytmasa ham böladi) özi bezatadi. Toşkentda töydan oldin kelin qilgan mebel yoqmasa qaytarib yuboriş holatlari va şuning ortidan örtaga sovuqçilik tuşişi ham kuzatiladi.
Uylaniş oson bölib qoldi
«Kuyovning içki kiyimidan tortib paypoğigaça kelin tomon qilib beryapti. Mebellarini-ku aytmay qöya qolay, — deydi yetmişni qoralayotgan Ğayrat ota. — Bizning vaqtimizda bunday narsalar yöq edi. Kelin öziga kerakligini olib kelardi — böldi. Qolganini asta-sekinlik bilan rözğordan orttirib er-xotin olaverardi. Şuning uçun ham barça narsaning, turmuşimizning qadri bölardi. Hozir-çi, kir maşina, konditsionergaça qizning uyidagilari qilib boryapti. Uyat emasmi? Yoşlarning hayotida erişiladigan, intiladigan narsa qolmayapti. Ota-onalar özini qiynab, kredit olib, bir rözğorni mukammal qilib beryapti. Beli oğrib topmagandan keyin yigitlar ham na rözğorning na xotinning qadriga yetyapti. Çunki bunisidan keçsa boşqasini topişini, ikkinçisi ham yana şunça narsa qilib kelişini biladi».
Qizlar emas, kelinlar uçun yiğiniladi
«Biz sep yiğmaymiz, qaytanga bizga qalin puli berişadi, — deydi qoraqalpoqlik Ayjamal. — Undan taşqari kuyov tomon kam deganda qöy beradi. Biz tomonda sep-sarpo deganga ahamiyat berişmaydi. Sep desa kelinning yangalari olib keladigan 4–5 uy kiyimi, 4 dona quroq körpaça va çimildiq nazarda tutiladi. Köpgina qoraqalpoq yigitlaridan eşitganman: «xotinimning dadasi olib bergan mebelda yotişga oriyatim yöl qöymaydi!» Aqli bor, qizining baxtli turmuşini öylagan ota-ona heç qaçon qiziga «spalniy» qilmaydi. Bizda yigitlardan köra qizlarni köproq öqitişadi. «Qiz bolaning yöli ingiçka, öğil esa joyini, nonini topib keta oladi», degan qaraş bor. Ajraşgan ayol ham jamiyatning ikkinçi sortiga aylanib qolmaydi. Birinçi navbatda ota qizini qöllab-quvvatlaydi, ajraşişga aniq sabab bormi demak, öşa uyga olib borib taşlab kelinmaydi. Biz tomonda oilalar kamdan-kam holatda buziladi. Qizlarning sepiga yillab pul, latta yiğişmaydi, kelin tuşiriş uçun pul yiğişadi.
Qoraqalpoğiston ajrimlar böyiça sönggi örinlarda turadi. Oilaning mustahkamligida qadriyat darajasiga kötarilgan odatlar ham muhim rol öynayotgan ekan, demak, ularni isloh qiliş kerak. Yana bir e’tiborga molik jihati bu — qizlarni öqitiş. Jamiyatda öz örniga ega bölgan qiz oilasida ham öz örnini topadi. Turmuş örtoği, qaynona-qaynotaga qanday munosabatda bölişni, qayerda gapirib, qay örinda jim turişni biladi.
Malika nega ijarada turibdi?
Malika eri bilan ajraşar ekan, unga qaynonasi va eri heç kimi yöqligini, bunday vaziyatda davlat farzandini erida qoldirişini aytib qörqitişadi. «Agar aliment kerak emas, erimdan heç qanday da’vom yöq, heç qaçon bezovta qilmayman», deb yozib bersa, bolasini özida qoldirişlarini aytişadi. Öz huquqlarini bilmagan ayol ular aytganidek qilib yozib beradi. Qizi 9 ga kiribdi hamki, otasi na xabar oladi, na yordam beradi. Subsidiyaga uy oliş arizasi bilan bir neça marotaba mahalla, Oila va xotin-qizlar qömitasiga çiqqan ayolning arizasi davlat işida işlamasligi uçun qonunga töğri kelmasligi aytib qaytariladi.
Otasi berişi kerak bölgan narsani davlatdan kutişadi
«Uşbu murojaatçining talabi qondirilmasligining asosiy sababi davlat işida işlamasligi, ya’ni doimiy daromad manbaining yöqligi, — deya tuşuntiradi Oila va xotin-qizlar qömitasi matbuot kotibi Nilufar Jumayeva. — Subsidiyaga uy ajratilganidan söng 5 yil davomida heç qanday tölov qilinmaydi. Ammo undan söng bir xil miqdorda tölov qilib boriladi. Doimiy daromad manbai bölmagan odam qolgan summani tölay olmaydi. Farzandning otasidan talab qilişi kerak bölgan narsani ayollar davlatdan talab qilişadi. Aslida, otani sudga beriş orqali bu masalani hal qiliş mumkin».
Malikaga farzanding qiz bölganligi uçun uning ota uyida haqqi yöq. Sen uyga da’vo qilolmaysan, qolaversa yozib bergan qoğozing sabab sobiq eringni sudga ham berolmaysan, deb işontirişgan. Aslida ham şundaymikan?
Bu borada huquqşunos Kamola Aliyeva ayolning huquqlarini tuşuntirib ötdi:
«Birinçi örinda prokuraturaga ariza yozişi kerak. U arizada sobiq eri bilan qaynonasining qörqitib qoğoz yozdirib olişganini körsatadi. Mahalla noziriga borib himoya orderi söraydi. U ham bir asos böladi. Keyin sudga ariza berayotganda undan tölov söraladi. Mahallaga borib yolğiz onaligi, uy-joyi yöqligini yozib, «temir daftar»ga kirişi kerak. Hokimiyat, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasiga uy-joy bilan ta’minlaşda yordam sörab ariza yozişga ham haqli. Alimentga beriş masalasini ham körib çiqiş kerak. Şuningdek, eri yaşayotgan uy kimning nomidaligiga qarab uyga da’vo qilişi ham mumkin. Ya’ni uy erining nomida bölsa, uyni böliş böyiça, agar qaynona yoki qaynotasining nomida bölsa uyga kiritib qöyiş böyiça ariza berişga haqli. Ayol şuni bilişi lozim, sud asossiz, ota-onasi yöqligi uçungina bolasini tortib olmaydi».
Öz haq-huquqini bilmaydigan ayollar jamiyatimizda talaygina. Öqitib, kasb-hunarli qilgunça «vaqti ötib ketadi» degan vahima bilan uzatilgan, tengdoşlari öqişni tamomlagan bir vaqtda ajraşişga ham ulgurgan yoki farzandini tortib olişlaridan qörqib, oilada, jamiyatda öz örnini topolmay, arosatda qolayotganlar, farzandiga umrini bağişlab, otasiz katta qilayotgan onalar qança...
Eng yomoni — otasizlikda, onasining qiyinçiligini körib katta bölgan farzandlarning ruhiy iztiroblari kelajagiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Oila qurişdan qörqaman
«Otamni elas-elas eslayman, onam bilan tinmay janjallaşişardi, — deydi Nasiba xomuşlik bilan. — Bir-birlarini tuşunaverişmagaç, ajraşib ketişgan. Biz ikki farzand onamiz bilan qoldik. Onam umrini bizga bağişlab boşqa turmuş qilmadi.
Otam farzandlari bilan ham ajraşgandek, endi otalik vazifasi tugagandek edi. Onam bizni boqiş uçun bozorga çiqdi. Oyoq qöllari keçasi bilan oğrib, ingrab çiqardi. Hamma menga sen kuçli bölişing kerak, kuçli bölişing kerak, onangning maşaqqatini rohatga aylantirişing kerak, derdi.
Bor kuçim bilan öqidim. Onamni qiyinçiliklardan olib çiqiş uçun ham öqidim. Öqişga kirdim. Çet elga grant yutdim. Öqib kelib, öz biznesimni boşladim. Meni körganlar katta amaldorning qizi bölsa kerak, deb öylaşadi. Aslida esa aksinça.
Oila quradigan yoşga yetgan bölsam-da, menda qörquv bor. Taqdirim onamnikiga öxşasa-çi, turmuş örtoğim meni tuşunmasa-çi, bolalarim otasizlik azobini torsa-çi, kabi qörquv sabab şu mavzuni çetga suraveraman».
Navbat yigitlarga!
Xalqimizda qizlarni oilaga tayyorlaş odat tusiga kirgan. Toş kelsa kemirib, suv kelsa simirib yaşaş kerakligi uqtiriladi. Bugungi kun esa qizlar qatorida yigitlarni ham oilaga tayyorlaş zarurligini körsatmoqda. Qars bir qöldan çiqmaydi, axir. Bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlaşda diniy bilimni kuçaytiriş, oila muqaddasligi ğoyasini singdiriş şart.
Bugun Yevropada, ayniqsa Yaponiyada «Ota-onalik maktablari», «Oila ta’limi», «Oila maktablari» öquv maskanlari köpayib bormoqda. Yaponiya hukumati uylanadigan erkaklardan 18 raqamdagi, qiz va ayollardan esa 24 raqamdagi sertifikat söraşmoqda. Bu sertifikatning mohiyati «Oila uçun hozirlik», «Er-xotinlik bilimi» darajasini ifodalaydi. Aslida «Oila ta’limi» maktablarining bölişi va kengaytirilişi juda dolzarb masala. Oilaga hozirlik qadriyat yoki an’analar bilangina emas, ta’lim-ilm bilan bölişi kerak.
«Tahlillarga köra, keyingi paytda oilalarda erkaklarning mas’uliyati kamayib bormoqda. Bunda esa tarbiyaning qaysidir jihatida, ayniqsa öğil bolalar tarbiyasida kamçilikka yöl qöyilayotganligi körinib qolyapti. Biz ayollarni himoya qiliş borasida himoya orderi berişni, reabilitatsiya markazlariga qabul qilib, ularga ruhiy kömak berişni yölga qöyganmiz. Ammo ayol yana öşa muhitga borgaç hammasi izga tuşib ketadi degani emas.
Ta’lim muassasalarida «Yigitlar klubi»ni taşkil etiş böyiça Nizom işlab çiqilmoqda. Mahallalarda «Otalar maktabi» jamoatçilik tuzilmasini taşkil etiş borasida Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan Nizom tayyorlanmoqda», — deydi Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi raisi örinbosari Ra’no Turdiboyeva.
Öğil bola tarbiyani otasidan oladi, har bir işida unga taqlid qiladi. Rözğor taşvişi böynida bölgan ota bolasiga qaçon tarbiya beradi? Qaçonki, öşa tarbiya özida bölsa. Bolasining qölidan yetaklab masjidga olib borsa, oila, ayol, ona muqaddasligi haqidagi ma’ruzalarni tinglaganda öğlini şerik qilsa. Aksinça, yoşligidan bolalar masjidlarga kiritilmasa, heç qanday diniy ta’lim olişiga yöl qöyilmasa, oila haqida eşitib bilgani turk seriallaridan körgan narsalari bölsa, bu avloddan yana qanday natijani kutişimiz mumkin?!