Xarkiv oblastida istilo izlari, Krasnoyarskda safarbar qilinganlarni kuzatiş. Uruş suratlari
|19:19 / 27.09.202229 1505 min
26 sentabr kuni rossiyaliklar mamlakatni yoppasiga tark etişga urinişda davom etdi — Gruziya va Qozoğiston bilan çegara hududida köp kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan. Şu bilan birga ketiş tobora qiyinlaşmoqda: aeroportlardagi çegaraçilarga çaqiruv qoğozi olganlarning röyxati berilgan. Bunday fuqarolar çegaradan ötişi uçun harbiy komissariat ruxsatnomasi bölişi kerak. Ukrainada rossiyalik harbiylar Kramatorsk va Krivoy Rogdagi aeroportni öqqa tutişdi. Moskvada kuçişlatar tuzilmalar xodimlari şoir va huquq faoli Artyom Kamardinni qölga olib, qattiq kaltaklaşdi — Triumfal maydondagi Mayakovskiy haykali oldida «safarbarlikka qarşi» şe’rlar öqigani uçun.
Quyida uruşning 215-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv oblasti
Xarkiv oblasti Dementiyevka qişloğida Ukraina qurolli kuçlarining sobiq pozitsiyasi hududida askarlar va tinç aholi vakillari jasadini qidirayotgan ukrain harbiylari. Bahorda uşbu aholi yaşaş manzili uçun uning joylaşuvi tufayli şiddatli janglar keçgandi: uning atrofida joylaştirilgan oğir artilleriya bilan Xarkiv markazini öqqa tutiş mumkin edi. Ukrain armiya iyul oyida Dementiyevkani ozod etgan. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETADementiyevka qişloği atrofidan topilgan ukrain harbiysi jasadini olib ketayotgan ukrain harbiylari
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETAKozaça Lopan posyolkasida vayron bölgan parrandaçilik fermasi tomida tank qismlari osilib turibdi. Ukraina armiyasi uşbu aholi yaşaş manzilini sentabr oyi örtalarida ozod qilgandi — ukrain harbiylari bu yerda rossiyalik harbiylar tomonidan taşkil etilgan qamoqxonalar va qiynoq kameralari, şuningdek birodarlik qabristonini topişgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAKozaça Lopan posyolkasi atrofidagi minalaştirilgan maydonda qolgan rossiyaliklarning yakson bölgan avtomobili.
Mavzuga oid
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik köngilli sentabr oyining birinçi yarmida Ukraina qurolli kuçlari tomonidan ozod etilgan Izyum şahri yaqinidagi Rossiya armiyasining şikastlangan texnikalarini yiğiş punktida rossiyaliklar tankini közdan keçirmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Izyum şahri. Ukrain harbiylari amerikalik milliarder Ilon Mask taqdim etgan Starlink tizimi orqali internetga kiriş uçun foydalanadigan antenna. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donbass şimoli
Donetsk oblastidagi tutaşuv çiziğida ukrain harbiylari rossiyaliklar pozitsiyasini minomyotdan öqqa tutmoqda. Donetsk oblasti hududining 45 foizga yaqin qismi hamon Ukraina nazoratida qolmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorskda gumanitar yordam tarqatiş punktida navbatda turgan odamlar. Rossiya uruşning boşidan buyon Kramatorskni egallaşga harakat qiladi, şahar uçun sönggi jiddiy janglar yozda bölib ötdi. Ammo şahar hamon Ukraina qurolli kuçlari nazoratida qolmoqda.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda rossiyaliklarning 26 sentabr kungi zarbalaridan şikastlangan beş qavatli uy binosi. Ukrain rasmiylariga köra, hujum natijasida tört kişi yaralangan. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda rossiyaliklar zarbasidan keyin pod’yezdga kirişda portlaşdan keyingi parçalarni supurib taşlayotgan ayol.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Safarbarlik
Moskvadagi safarbarlik markazida pirojkilar, şirinliklar va çoy solingan termos. Rossiya hukumati qança odamni harbiy xizmatga çaqirmoqçi ekani hamon noma’lum bölib qolmoqda.
Getty Images
Krasnoyarskda safarbar qilinganlarni kuzatiş jarayoni — ularni dastlab Omsk oblastidagi öquv yiğiniga olib borişadi.
Andrey Samsonov / TASS
Melitopollik kişi velosipedi bilan Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiyaga qöşib olinişi böyiça «referendum» tarğibot qilingan plakat yonidan ötmoqda. Melitopolning qonuniy meri Ivan Fedorov «referendum»ni şahar aholisining faqat 10 foizi qöllab-quvvatlaganini aytmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA