Qayd etilişiça, Özbekistonning BAAdagi diplomatiya vakolatxonalari davlat rahbari raisligida 19 sentabr kuni “Mamlakat içki va taşqi turizm salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari” böyiça ötkazilgan yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş böyiça imkoniyatlarni işga solmoqda.
Özbekiston elçixonasi Samarqandga sayyohlar oqimini oşiriş böyiça hamkor taşkilotlar, BAA va xorijiy turkompaniyalar bilan aloqalarni yanada çuqurlaştirmoqda.
Arab davlatlaridagi ziyorat turizmiga nisbatan munosabatni inobatga olib, dastlabki bosqiçda BAAning Şarja amirligi bilan Özbekiston tarixiy şaharlari örtasida birodarlik munosabatlarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilinmoqda.
BAAdan aviaqatnovlarni köpaytiriş ustida tizimli işlar olib borilmoqda. 2022 yil 1 sentabr holatiga köra, haftasiga 16 ta qatnov amalga oşirilyapti. Yil oxirigaça mazkur körsatkiçni ikki barobarga oşiriş rejalaştirilgan - ilk bor Abu Dabi şahridan Toşkent va Samarqand şaharlariga, Dubay şahridan Samarqand, Namangan va Farğona şaharlariga qatnovlar yölga qöyiladi.











