Nogironligi bo‘lganlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma qo‘llanadi
Qonunchilik palatasidagi Liberal-demokratik partiya fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishida qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanilishi haqidagi qoida mustahkamlanmoqda. Fraksiya a’zolari tomonidan qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilishda deputatlar “Yerosti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ham ikkinchi o‘qishda muhokama qildi.
Qonun loyihasida yerosti boyliklaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari ro‘yxati va ular vakolat doiralari belgilanyapti. Yer qa’ri uchastkalari davlat fondiga yangi “zaxira fondi” tushunchasi kiritilib, uning mohiyati yoritib berilmoqda.
Hujjat qabul qilinishi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonun yaratilishiga, yerosti boyliklaridan foydalanish tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etilishiga, barcha sub’yektlarga nisbatan yer qa’ridan foydalanish tizimini bir xilda amal qilishiga xizmat qiladi. Deputatlar ushbu hujjatni ma’qulladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich
O‘zbekiston | 19:00
-
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi
O‘zbekiston | 18:57
-
Rossiyada chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha yangi xizmat tashkil etildi
Jahon | 18:56
-
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

23:31 / 28.01.2025
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?

20:19 / 10.12.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» ham talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma e’lon qildi

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

00:26 / 24.09.2024