Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot kotibi Sohibjon Ğaybullayevning Kun.uz’ga xabar berişiça, Qarşi tumanida bedarak ketgani aytilib, qidiruv e’lon qilingan 15 yoşli bolaning jasadi kanaldan topilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilişiça, bola 2022 yil 21 sentabr kuni yaşaş uyidan velosipedda çiqib qaytib kelmagan. Şundan söng uning yaqinlari qidiruvda kömak sörab, IIBga murojaat qilişgan.

Ma’lum bölişiça, 2007 yilda tuğilgan D.T.ning jasadi Qarşi magistral kanalining Qarşi tumani «Mirmiron» MFY hududidan ötgan qismida oqib ketayotgan vaqtda fuqarolar körib qolib, uni suvdan olib çiqişgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Qarşi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilyapti, tegişli ekspertizalar tayinlangan. Fuqarolardan tuşuntiriş xatlari olinmoqda. Tekşiruvning borişi nazoratga olingan.

Avvalroq, Qarşi şahrida yaşovçi 23 yoşli yigitning jasadi Qarşi magistral kanalidan topilgandi.