Elçi Javlon Vahobov AQŞ davlat kotibi yordamçisi vazifasini bajaruvçi, Davlat departamenti Xalqaro jamoatçilik bilan aloqalar byurosi rahbari Elizabet Tryudo bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston-Amerika hamkorligi dolzarb masalalari, milliy kadrlar salohiyatini rivojlantiriş böyiça qöşma dasturlar kölamlarini kengaytiriş, uning Özbekistonga bölajak taşrifi bilan boğliq masalalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Amerika tomoni joriy yil 3-6 oktabr kunlari AQŞ Davlat departamenti delegatsiyasi mamlakatdagi özgarişlar samaralari bilan tanişiş maqsadida Özbekistonga taşrif bilan borişi rejaştirilayotganini ma’lum qildi. Elizabet Tryudo özaro hamkorlikni rivojlantiriş yönalişlarini va respublika inson salohiyatini mustahkamlaşga qaratilgan qöşma taşabbuslarni amalga oşirişni muhokama qiliş niyatida ekanini ham aytdi.
Uçraşuv yakunlari böyiça Davlat departamenti vakili barça sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan rivojlantirişga xizmat qiluvçi davlat rahbarlari va alohida sohalar rahbarlari darajasidagi Amerika delegatsiyalarining Özbekistonga taşrifini kengaytirişga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.
Elizabet Tryudo yetakçi diplomat bölib, avval Şimoliy Irlandiya va Pokistondagi AQŞ boş konsuli, AQŞning NATOdagi missiyasi maslahatçisi, AQŞning Janubiy Afrikadagi missiyasi matbuot attaşesi, Davlat departamenti matbuot işlari böyiça direktori lavozimlarida işlagan. Hozirgi lavozimiga qadar u mudofaa vazirining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça yordamçisi birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.











