Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask Optimus robotini namoyiş etdi. Maskning sözlariga köra, robot fevralda işlab çiqarilgan.
Mask taqdimot çoğida robotning gullarga suv quyayotgani, qutilarni taşiyotgani, Kaliforniyadagi zavodda metall simlarni kötarayotgani aks etgan videoni körsatdi. Maskning sözlariga köra, Tesla bundan ham mukammalroq robotni işlab çiqarişni möljallamoqda.
Keyingi avlod robotida Tesla butlovçi qismlari, jumladan, 2,3 kVt/s batareya, mikrosxemalar tizimidan foydalaniladi. Robotning oğirligi 73 kiloni taşkil etadi. Uning narxi 20 ming dollarga teng.
Mask Tesla uç-beş yildan söng Optimus uçun buyurtmalar olişni boşlaşiga umid bildirdi. Uning aytişiça, hozirda mavjud odamsimon robotlarga «miya» va muammolarni mustaqil hal qiliş qobiliyati yetişmaydi. Optimus esa «juda qobiliyatli robot» böladi.
Arizona ştati robototexnika universiteti professori Anri Ben Amor 20 ming dollar juda yaxşi taklif ekanligini aytdi, unga muqobil modellar narxi hozirda 100 ming dollar atrofida.












