Boş prokuratura fuqaroning 30 ming dollar mablaği firibgarlik bilan özlaştirilgan holat haqida ma’lumot berdi.
«Yunusobod tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş masalalari böyiça bölim sobiq boşliği ikki nafar jinoiy şerigi bilan bir fuqaroga avtosalondan yangi Malibu rusumli avtomaşinani olib berişni va’da qilib, evaziga 30 ming AQŞ dollari miqdoridagi pullarni qölga kiritişgan va özlarining ehtiyojlariga sarflab yuborişgan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida 2 nafar şaxsga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan. 1 nafari esa tergovdan yaşiringani sababli qidiruv e’lon qilingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.











