Harakatdagi BelAZ rusumli avtoağdargiçning old çap qismida yonğin kelib çiqqan. Oqibatda avtoağdargiç haydovçisi kuyiş tan jarohati bilan kasalxonada vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, “Markaziy Amantoy” konida toğ jinslarini tökiş uçun harakatlanayotgan vaqtida BelAZ rusumli oğir yuk kötaruvçi karer avtoağdargiçining old çap qismida yonğin kelib çiqqan. Buning oqibatida kuyiş tan jarohatini olgan haydovçi kasalxonaga yetkazilgan. Biroq şifokorlar körsatgan tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan, haydovçi vafot etgan.

“Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq boşqa xil zararlanişini tekşiriş va hisobga oliş töğrisidagi Nizom”ga asosan maxsus tekşiriş komissiyasi tuzilgan. Komissiya tomonidan oqibati ölim bilan tugagan baxtsiz hodisa böyiça suriştiruv işlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz. Örganiş natijalari yuzasidan qöşimça ma’lumot e’lon qilinadi”, — deyiladi rasmiy munosabatda.