“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi reytingni baholaş doirasida bir vaqtning özida kompaniyaning kreditga layoqatlilik xususiyatlarini (SACP) “bb+”darajasida baholadi, bu bugungi kunga qadar Özbekiston Respublikasi korxonalari orasidagi eng yuqori körsatkiçdir.
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi reliziga muvofiq, Özbekiston Respublikasida joylaşgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2023 yil yakuniga köra 2,9 million unsiya oltin işlab çiqargan va jahonda törtinçi örinda turuvçi yirik oltin işlab çiqaruvçi korxona hisoblanadi. Kompaniya işlab çiqariş tannarxining arzonligi va boy resurs bazasi, şuningdek, qarz yukining konservativ körsatkiçlari: aylanma kapitalda özgarişgaça operatsion faoliyatdan pul oqimi (FFO) qarzga nisbatan körsatkiçining 60 foizdan barqaror oşişi bilan ajralib turadi.
2023 yil yakuni böyiça “NKMK” AJda oltinning bir unsiyasi uçun işlab çiqarişning umumiy xarajati (TCC) 745 AQŞ dollarini taşkil etdi va reyting agentligi baholagan kompaniyalar orasida eng past körsatkiçlardan biridir. “S&P Global Ratings” reyting agentligi relizida oltin narxining qulay kon’yunktura şaroitida “NKMK” AJ tomonidan kelgusi yillarda yuqori operatsion va moliyaviy körsatkiçlarga erişişi ta’kidlandi.
Boş direktorning transformatsiya masalalari böyiça örinbosari Ye.A. Antonov “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi relizini quyidagiça şarhladi: “Kompaniyaning birinçi xalqaro kredit reytingini olişi respublikadagi eng yirik korxona rivojlanişidagi muhim bosqiç bölib, xalqaro kapital bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiradi, korxonaning xalqaro e’tirofini oşiradi hamda butun mamlakatimizda, jumladan, Kompaniyada islohotlar va transformatsiya jarayonlari muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganidan dalolat beradi. Kompaniyaning Özbekiston Respublikasi korxonalari orasida birinçi bölib “S&P Global Ratings” agentligi tomonidan “bb+”darajasidagi kreditga layoqatlilik bahosini (SACP) olişi tarixiy voqea böldi. Bu xalqaro moliya bozori iştirokçilarining Kompaniyaning barqaror moliyaviy strategiyasi hamda işlab çiqariş va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantiriş rejalariga yuksak işonçini tasdiqlaydi”.
Boş direktorning iqtisod va moliya böyiça örinbosari J.T.Xasanov: “Reytingni oliş kompaniyaning moliyaviy barqarorlik, mustaqillik va şaffoflik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Kredit reytingini oliş jarayonida Citi bank eksklyuziv maslahatçi sifatida iştirok etdi. Uşbu yutuq biz uçun yangi marralarni oçadi, Kompaniyaning xalqaro kapital bozorlariga çiqişiga, yanada barqaror ösişni ta’minlaş va investitsiya jozibadorligini oşiriş uçun qulay şartlarda investitsiyalarni jalb qilişga kömaklaşadi”, - deya ta’kidladi.











