Bu yutuqlarda 10 ming nafarga yaqin işçi-xizmatçi mehnat qilayotgan,  4 mingdan ziyod zamonaviy kon texnikalariga ega transport sohasi alohida örin egallaydi. Mahsulot işlab çiqarişni köpaytiriş va tannarxini kamaytiriş maqsadida, zamonaviy kon texnikalari xarid qilinib, iş unumdorligi oşirilmoqda. 

Joriy yilda korxonaga yuk kötariş quvvati 254 tonna bölgan 10 ta “Komatsu 860E-1K” rusumli oğir yuk taşuvçi avtoağdargiçlar olib kelinişi rejalaştirilgan edi. Hozirga qadar 4 tasi olib kelinib, ulardan birinçisi mutaxassislarimiz tomonidan Markaziy kon boşqarmasining Avtomobil transporti boşqarmasida yiğildi, - deydi “NKMK” AJ Avtomobil transporti bölimi boşliği Maşrab Isroilov. -  “Muruntov” konida iş boşlayotgan mazkur avtoağdargiç Markaziy Osiyoda foydalanişga topşirilgan şu rusumdagi ilk konçilik texnikasidir. Bu, nafaqat kombinatimiz, balki Özbekiston Respublikasi toğ-kon sanoatida ham yangi sahifa oçilayotganidan dalolat beradi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, mazkur kon texnikalari yuk siğimi, vaqtni tejaş, iş unumdorligi, mablağlarni iqtisod qiliş, haydovçiga yaratilgan şaroitlar böyiça afzallik va qulayliklarga ega.

Köp yillik faoliyatim davomida turli rusumdagi kon texnikalarini boşqarganman. Lekin ular orasida “Komatsu 860E-1K” rusumli avtoağdargiç umuman boşqaça ekan. Bu texnika vositasi zamonaviy,  lyuks kabinali, boşqaruv töliq raqamlaştirilgan, barça qulayliklar yaratilgan. Faqat asrab-avaylab, mahorat bilan boşqarib, işlaş kerak, - deydi avtoağdargiç haydovçisi Zohidjon Elmurodov. Uning iş unumdorligi konda mavjud avtoağdargiçlarga nisbatan 15 foizga ortiq bölib, yoqilğini 5 foizgaça tejaş, sarf-xarajatlarni qisqartiriş imkoniga ega. Agar avtoağdargiçda nosozliklar paydo bölsa, ular avtomatik ravişda aniqlanadi va maxsus ekranda namoyon böladi. Şuningdek, avtoağdargiçning atrof-muhitga zararli ta’siri nisbatan kam.

Bugun kombinat barça sohalarda ilgarilab bormoqda. Işlab çiqariş sur’atini yanada oşirişda yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega zamonaviy kon texnikalari alohida ahamiyatga ega. Şu bois, bu borada jahonning eng zamonaviy konçilik texnika vositalarini işlab çiqaradigan yetakçi kompaniyalari bilan  hamkorlikni yanada kengaytiriş möljallanmoqda.