Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga 3 oktyabr kuni rasmiy taşrif bilan Budapeştga keldi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarining taşrifi munosabati bilan Özbekiston va Vengriya bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Mamlakat yetakçisini Vengriya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Marton Nad va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4 oktyabr kuniga möljallangan. Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uçraşuv bölib ötadi. Söng prezident Şavkat Mirziyoyev va boş vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uçraşuv ötkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolanişi kutilmoqda.

Prezidentimizning taşrifi doirasida Vengriyaning yetakçi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uçraşiş közda tutilgan.

PS: Mirziyoyeva Ziroát Maxmúdovna (1964 yil 4 dekabr kuni tuğilgan, Qöqon şahri, Farğona viloyati, Özbekiston SSR) – jamoat arbobi, muhandis-iqtisodçi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning rafiqasi.
Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. 1986 yilda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodçi ixtisosligi böyiça tamomlagan. Özbek, rus va ingliz tillarini biladi. Ikki nafar qizi va bir nafar öğli bor. Mumtoz va milliy musiqani xuş köradi, tarix bilan qiziqadi.
2020 yildan buyon Özbekistonda oçiq va inklyuziv muhitni yaratiş orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş, soğliqni saqlaş va ta’limni rivojlantiriş masalalari böyiça qator xayriya loyihalarini amalga oşirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisidir.
Fond faoliyatining ustuvor yönalişi atrof-muhitni muhofaza qilişdan iborat. Kökalamzorlaştiriş, havo sifati monitoringini avtomatlaştiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, yoşlar orasida ekologik ta’limni rivojlantiriş, olis hududlarda toza içimlik suvi bilan ta’minlaş kabi masalalar böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.












