Özbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga taşrifi doirasida boş vazir örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov “All Nippon Airlines” (ANA) aviakompaniyasi vitse-prezidenti Juniçiro Miyagava bilan muzokara ötkazdi.

Uçraşuvda Yaponiyadan Özbekistonning tarixiy şaharlariga töğridan töğri aviareyslarni yölga qöyiş, mamlakatga yaponiyalik sayyohlar oqimini oşiriş va turistik loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya tomoniga Özbekistonning boy turistik salohiyati, fuqaro aviatsiyasi bozorini liberallaştirişga oid çora-tadbirlar, hududiy aeroportlarda oçiq osmon rejimining joriy etilişi, xizmat körsatiş sohasidagi imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, Samarqanddagi yangi zamonaviy aeroport terminali hamda “Silk Road Samarkand” turistik markazi faoliyatining yölga qöyilişiga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

Juniçiro Miyagava, öz örnida, Özbekiston yaponiyalik sayyohlar uçun jozibador mamlakat ekanini qayd etib, prezident Şavkat Mirziyoyevning islohotlari yaponiyalik turistlarda Özbekistonning tarixi va madaniy merosiga qiziqişni oşirayotganini aytdi.

2022 yil 4 avgustidan Uzbekistan Airways “Toşkent – Tokio – Toşkent” yönalişida muntazam reyslarni tiklagani va fuqarolik aviataşuvlarni rivojlantirişda yaqindan hamkorlik yölga qöyilganini inobatga olib, ANA kompaniyasiga Yaponiyadan Özbekistonning turistik şaharlari – Samarqand, Buxoro, Urgançga aviareyslarni yölga qöyiş taklif etildi.

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

Muzokaralar yakuniga köra, “All Nippon Airlines” kompaniyasining Tokio va Osaka şaharlaridan Samarqandga charter dasturlarini amalga oşiriş masalasini işlab çiqişga kelişildi.

Yaponiya turistik agentliklar assotsiatsiyasi (JATA) kömagida Yaponiyada Özbekistonning turizm salohiyatini tarğib qilişga oid promo-tadbirlar ötkaziş, kunçiqar mamlakat turkompaniyalari va OAV vakillari iştirokida info-tur taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Şu bilan birga, Özbekistonning transport logistikasi, xususan, Samarqanddagi yangi aeroport infratuzilmasi bilan yaqindan tanişiş hamda tegişli taşkilotlar rahbarlari bilan manzilli muzokaralar ötkaziş uçun ANA aviakompaniyasi rahbariyatining taşrifi rejalaştirildi.