Xiaomi kompaniyasi 12T va 12T Pro smartfonlari taqdimotini ötkazdi.
Xiaomi 12T turkumidagi smartfonlar yagona dizayn va ayrim tafovutlari bölgan xususiyatlarga ega böldi. Har ikki qurilma 6,67 dyuymli OLED-displeylar bilan jihozlangan. Ular şuningdek, ekranosti barmoq izlari skaneriga ega.
Xiaomi 12T 108 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli keng burçakli modul hamda 2 megapikselli makrokamera bilan jihozlangan. Öz navbatida, 12T Proning asosiy kamerasi 200 megapikselga teng. Smartfonlarning old kamerasi 20 megapikselni taşkil etadi.
Xiaomi 12Tga MediaTek Dimensity 8100 Ultra, Xiaomi 12T Proga esa Snapdragon 8 Plus Gen1 protsessori örnatilgan. Qurilmalarning akkumulyator siğimi 5000 mAs.
Modellar Android 12 operatsion tizimida, MIUI 13 qobiğida işlaydi.
Xiaomi 12Tning 8/128 GB xotirali modeli narxi 600 yevrodan boşlanadi. Xuddi şunday xotiraga ega Xiaomi 12T Pro narxi 750 dollarga teng.












