Hollivud aktyori Alek Bolduin «Rust» («Zanglagan») filmini suratga oliş çoğida halok bölgan operator Galina Xatçinsning oilasi bilan da’voni hal qiliş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda u Instagram'da ma’lum qildi.

Galina Xatçinsning eri, öz navbatida, öz advokati orqali da’voni qaytarib olganini ma’lum qildi. Biroq, sud hali tomonlar erişgan kelişuvni tasdiqlaşi kerak. «Biz hammamiz Galinaning ölimini dahşatli baxtsiz hodisa deb hisoblaymiz», dedi Metyu Xatçins.

U filmni işlab çiqaruvçi Alek Bolduin va Rust Movie Productions LLC kompaniyasini ayblaşdan manfaatdor emasligini ta’kidladi. Buning örniga xotinimning sönggi işiga hurmat körsatişni xohlayman, dedi Xatçins. Suratga oliş davom etadi. Galina Xatçinsning eri film prodyuseri böladi.

2021 yil 21 oktyabr kuni Santa-Fe şahri yaqinidagi rançoda «Rust» vesternini suratga oliş paytida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bolduin filmga prodyuserlik qilgan va boş rolni ijro etgan. Bolduin jinoyatçi sifatida töpponçadan böş öqlar uzişi kerak bölgan sahnani suratga oliş paytida tasodifan operatorni rekvizit quroli bilan otib qöygan. Rejissyor yordamçisi aktyorga qurol öqlanmaganligini ma’lum qilgan. Tergov jarayonida u revolverni oxirigaça tekşirmaganini tan oldi, ammo qurol xavfsiz ekanligini aytgan.

Asli kelib çiqişi ukrainalik bölgan operator Galina Xatçins vertolyotda şifoxonaga yetkazildi va olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Filmning 48 yoşli rejissyori Joel Souza ham öqdan jabr kördi. U oğir jarohat oldi.

Marhum operatorning oilasi Bolduin va vesternning boşqa prodyuserlarini sudga berdi. Galina Xatçinsning qarindoşlari beparvolik tufayli yuz bergan ölim uçun «katta» tovon talab qilişdi. Öz navbatida, Nyu-Meksiko mehnat va texnika xavfsizligi byurosi (OHSB) filmni işlab çiqargan Movie Productions LLCga maksimal mumkin bölgan 136 793 dollar (126 312 yevro) jarima tayinladi.