“Vaqti kelib barça masalalar mahallada hal qilinişiga erişamiz. Mahallalar tinç bölsa, men Toşkentdagi iş kabinetimda tinç ötira olaman. Özbekiston ham katta oila, yaxşisi ham, yomoni ham özimizniki. Biz şu yomonlarni ham töğri yölga soliş ustida işlaşimiz kerak. Bunda mahalla faollarining, oqsoqollar, imomlarimizning roli katta. Yoşlarimizga bugungi kun mohiyatini, tinçligimiz qadrini tuşuntirişimiz kerak. Atrofdagi vaziyat bizni sergaklantirişi zarur.

Men hozir hosildorlikni oşiriş evaziga paxta maydonini qisqartirib, aholiga yer bölib beriş böyiça qarorlar qabul qilyapman. Sirdaryo aholisiga 50 sotixdan ajratilyapti. U yerda sabzi ekilsa ham qança daromad qiliş mumkin?! Andijonliklar 10 sotixdan uç martalab hosil olişyapti. Bundan maqsad işsizlikka qarşi kuraşiş. Çunki işsiz odam tuşkunlikka tuşadi, har kimning yöriğiga yurib ketadigan böladi.
Sirdaryo ham hosildorlikni, xalq farovonligini oşiradigan payt keldi. Mening maqsadim – bu viloyatni işsizlik tugatilgan hududga aylantiriş. Men Vengriyaga taşrifimdan keyin Sirdaryoga kelganim bejizga emas. Yil yakunlanyapti, barça muammolarni muhokama qilib olişimiz, kelgusi yil uçun hozir zamin tayinlaşimiz kerak”, – deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

“Arslon bobo” fermer xöjaligining umumiy yer maydoni 90 gektar, şundan 46 gektari paxta, 42 gektari ğalla va 2 gektar kartoşka. 2021 yilda 33 sentnerdan jami 158 tonna paxta yetiştirgan va şartnomani 115 foizga bajargan.












