Prezident Şavkat Mirziyoyev 3–4 oktabr kunlari rasmiy taşrif bilan Vengriyada böldi.

Özbekiston delegatsiyasi Budapeşt şahrida Vengriya prezidenti Katalin Novak va boş vazir Viktor Orban bilan muzokaralar ötkazdi.

Yangi strategik şeriklar

Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Foto: Vengriya prezidentining matbuot xizmati

Özbekiston–Vengriya munosabatlari 2021 yil mart oyida, Viktor Orbanning Toşkentga taşrifi vaqtida strategik şeriklik darajasiga kötarilgan edi. Mirziyoyevning Budapeştga safari bunga javob taşrifi böldi.

Muloqotlarda ikki davlat munosabatlari heç qaçon hozirgiçalik yaqin bölmagani bot-bot ta’kidlandi. Xususan, Viktor Orban Özbekistonni Vengriyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi “öta muhim şerigi” deb atadi.

“Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik siyosiy, xavfsizlik, iqtisodiy va energetik nuqtayi nazarlardan strategik maqomga ega”, dedi mojarlar hukumati rahbari.

Viktor Orban bilan tor doiradagi muzokara / Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Özbekiston va Vengriya örtasida strategik şeriklikni rivojlantiriş töğrisidagi qöşma bayonotni imzoladi. Bundan taşqari, turli yönalişlarda 15 ta hujjat qabul qilindi.

Savdo aloqalari hozirça ança sust

Ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi oxirgi 5 yilda salkam 3 barobarga ösgan bölsa ham, raqamlarni katta deb bölmaydi: 2021 yilda özaro savdo-sotiq 60 mln dollar bölgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yili Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari top-20taligida oxirgi örinda bölgan Fransiya bilan savdo aylanmasi 280 mln dollar edi.

Budapeştdagi muzokaralarda tomonlar kelajakda ikki tomonlama tovar ayirboşlaşni 500 mln dollarga yetkazişga kelişib oldi. Bunda Özbekiston Yevroittifoqning “GSP+” dasturiga qabul qilingani muhim rol öynaşi qayd etildi.