"Uçraşuv döstona ruhda ötdi. Tryudo xonim bilan dezinformatsiyaga qarşi kuraş va yoşlar va bolalar orasida mediasavodxonlikni oşirişning ahamiyatini muhokama qildik, Mass-media fondi faoliyati haqida sözlab berdik.
Menga amerikalik mehmonning quyidagi mulohazasi juda yoqdi: "Biz amerikaliklar sizga nima qiliş kerakligini örgatişga kelganimiz yöq. Biz hamkorlik uçun şu yerdamiz. Va biz sizni işonçli hamda teng huquqli şeriklar deb bilamiz".

Işonçim komilki, oldimizda sermahsul hamkorlik turibdi", deydi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uçun, Özbekistonga taşrifi doirasida Elizabet Tryudo Toşkentdagi Vebster universitetida “Ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uçun ingliz tili” dasturining bitiruvçilari bilan suhbatlaşadi.


Bundan taşqari, u mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari, AQŞ hukumati tomonidan moliyalaştirilgan almaşinuv dasturlari bitiruvçilari bilan uçraşişni va Jizzaxdagi ayollar şelteriga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.












