Şanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi armiya generali Sergey Surovikin Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya ötkazilayotgan hududda mavjud qöşinlar birlaşgan guruhi qömondoni etib tayinlangani haqida ma’lum qildi. Uning tayinlovi Ramzan Qodirov va Yevgeniy Prigojin tomonidan olqişlandi, huquq faollari va britaniyalik harbiylar esa azaldan uning haddan taşqari şafqatsizligi haqida aytib kelişadi.

Sergey Surovikin 1966 yil 11 oktyabrda Rossiyaning Novosibirsk hududida tuğilgan. Harbiy xizmat uçun ordeni, Qizil Yulduz, Jasorat ordenlariga loyiq körilgan. U maxsus topşiriqli bölinmalar tarkibida Afğonistondagi uruşda, Tojikistondagi qurolli mojaroda va ikkinçi çeçen uruşida ham qatnaşgan. 

U ilk bor 1991 yil avgustida, Moskvada Boris Yelsin tarafdorlari va SSSRni saqlab qolmoqçi bölgan harbiylar töqnaşuvi vaqtida Rossiya naşrlari sahifalarida köriniş bergandi. Öşanda kapitan unvonida bölgan Surovikin «Moskvada konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş»ga harakat qilgan kuçlar buyruği bilan Sadovoye halqa yölidagi tunnelda Oq uyni himoya qilgan kuçlar bilan töqnaşgan Taman diviziyasi jangovar piyodalar maşinalari (BMP) kolonnasiga qömondonlik qilgan.

Surovikin unga yöl böşatişni talab qiladi va ogohlantiruvçi öt oçadi, ammo harbiylarga toş va butilkalar uloqtirişadi. Surovikin yorib ötişga buyruq beradi, şundan keyin bir neça harbiy maşina barrikadani buzib ötib, tunnelga kiradi, Oq uy himoyaçilari esa qolgan maşinalarga çiqib olişadi. Natijada maşinalardan biri uç kişini bosib taşlaydi - moskvalik Dmitriy Komar, Ilya Kriçevskiy va Vladimir Usov halok böladi.

Isyondan keyin Surovikin yetti oy davomida sudni kutib, «Matrosskaya tişina» tergov izolyatorida yotadi. Ammo yakunda u faqat buyruqni bajargani tufayli unga qöyilgan ayblovlar olib taşlanadi.

1995 yilda, Frunze nomidagi harbiy akademiya tinglovçisi ekanida Surovikin töpponçani sotib yuborgani böyiça ayblov bilan sudga tortiladi. U ayblovni tan olmaydi va özini «podstava» qilişganini aytadi. Moskva garnizoni harbiy sudi uni noqonuniy qurol savdosiga oid uç modda böyiça aybdor deb topadi. Surovikin şartli jazoga hukm qilinadi, keyinroq sudlanganlik holati olib taşlanadi.

2002 yilda Surovikin Boş ştab harbiy akademiyasini tamomlaydi, ikki yil ötib yana mojaroga aralaşib qoladi. Bu vaqtda Yekaterinburgdagi diviziya komandiri sifatida xonasiga öz örinbosari, polkovnik Andrey Ştokalni çaqiradi, u esa xonada özini otib qöyadi, OAVda yozişlariça, bu «xonadagi baland ovozlar»dan keyin bölgan. Bundan oldinroq, öşa yil martida - mahalliy saylovlar fonida Surovikinning uşbu hamkasbi u va yana bir qança katta zobitlarni siyosiy qaraşlari uçun uni kaltaklaşgani haqida ayblagandi. Keyinroq u prokuraturadan arizasini qaytarib olgandi.