“11 oktabr kuni davlat rahbari mamlakatimizga taşrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanovni qabul qiladi. Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantiriş hamda amalga oşirilayotgan hamkorlikdagi qöşma dasturlarni yanada jadallaştiriş masalalarining muhokamasi közda tutilgan.

Şuningdek, 12-14 oktabr kunlari prezidentimiz Osiyoda hamkorlik va özaro işonç çoralari böyiça kengaş yiğilişi, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida iştirok etiş uçun Qozoğiston Respublikasiga taşrif buyuradi.

Taşrif kun tartibida xorijiy davlatlar, şu jumladan, Vetnam vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif va bir qator xalqaro taşkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş ham közda tutilgan. 

Bundan taşqari hafta davomida prezidentning mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bağişlangan qator muhokamalarni ötkazişlari rejalaştirilgan”, – deya ma’lumot berdi Şerzod Asadov OAV vakillari bilan ötkazilgan brifing çoğida.