Ba’zida şunday holatlar böladiki, yölovçilarning xavfsizligi aynan şu xodimlarning tezkor harakatiga boğliq bölib qoladi. Kun.uz qariyb 10 yildan beri bekat navbatçisi bölib işlayotgan Saodat Usmonaliyeva bilan suhbatlaşdi.

Saodat Usmonaliyeva «Tinçlik» metro stansiyasining doimiy bekat navbatçilaridan bölib, u 1978 yilda, Toşkentda tuğilgan. Qahramonimiz dastlab Toşkent metropoliteniga qanday kelib qolgani, avval havo yöllarida işlaşni orzu qilgani haqida gapirib berdi.

«Yoşligimdan styuardessa bölişni orzu qilgan edim»

Bir kuni qizim «oyi, bolaligingizda kim bölişni istagansiz», deb sörab qoldi. Özi yoşligimdan styuardessa bölişni orzu qilganman. Endi bu yölda birgina mening xohişim kamlik qilgan bölsa kerak, styuardessa bölolmadim. Ota-onam ham haqiqiy özbekona tarbiya egalari edi, balki bu kasbni qabul qilişolmagandir, deb öylayman. Bunday vaqtda ota-ona yoningizda bölişi kerak-da.

Şu bilan orada turmuşga çiqib ketdim, farzandlarim katta bölişdi. Uyda bekor ötirgan vaqtlarim edi. Xalqlar döstligi tomonda aylanib yurganimda, öşa yerda metropolitenga işga oladigan joyi bor edi. Şu joyga iş sörab bordim. Faqat farroşlikka qabul qilişlarini aytişdi, xafa bölib, kirişga rozi böldim baribir. Iş smenaga ajratilgani, bir kun işlab, ikki kun uyda bölganim uçun juda yoqdi. Şunday qilib, işga ham kirib ketdim.

Ozgina muddat işlaganimdan keyin metropolitenning tex maktabida öqişga taklif qilib qolişgan. Bu maktab aynan navbatçi xodimlarni öqitadi. Şu bilan suhbatga taklif qilindim, suhbatdan ötib, ma’lum muddat öqidik va 2013 yildan beri şu yerda bekat navbatçisi bölib işlab kelyapman.

Sevimli, ammo mas’uliyatli kasb

Kasbim styuardessa böliş orzusiga yaqinligi uçun özimga juda yoqadi. Formalarda, yölovçilar bilan işlaş qiyinçilik tuğdirmaydi, farzandlarimga bemalol vaqt ajrata olaman, işim juda qulay. Kuniga 12 soat, bir oyda 15 kun yo kunduzi, yo keçasi işlaymiz. Orada 2 kun uyda dam olaman.

Metropolitenda har bir bekatning boşliqlari böladi, navbatçi xodimlar şu boşliqlarning örinbosari hisoblanadi. Boşliqlarning vazifalariga qarab, barça mas’uliyatni yelkamizga olganmiz. Şu yerdagi hamma narsalarga biz javob beramiz. Kassaning, farroşlarning — umuman, hammaning işini biz nazorat qilib, bu yerdagi harakatning uzluksizligini ta’minlaşimiz kerak.