Şavkat Mirziyoyev raisligida 11 oktyabr kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida mahallani obod qiliş, boğça, maktab, soğliqni saqlaş, suv, elektr, kanalizatsiya bilan boğliq muammolarini hal qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilişiça, davlat rahbarining topşiriğiga muvofiq hududlarga işçi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini örganib, uni qiynayotgan muammolar röyxatini şakllantirgan.

Aholi tomonidan yöl, içimlik suvi, suğoriş tizimi, elektr, ta’lim va tibbiyot bilan boğliq 12 mingta masala va taklif kötarilgan.

«Barça hokim va vazirlar eşitib olsin. Prezident siyosati va talabi şunday: heç bir fuqaro özining muammolari bilan yolğiz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning közgusi.

Aholini rozi qiliş böyiça hali oldimizda köplab vazifalar turibdi. Katta-kiçik böladimi, aholimiz kötargan har bir muammoga öz vaqtida munosabat bildiriş, ularni bosqiçma-bosqiç hal qiliş barça darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bölişi şart va zarur», degan prezident.