Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekiston energiya tizimini rivojlantirish uchun 47 mln dollar ajratdi
YeTTBning O‘zbekistonga navbatdagi moliyaviy ko‘magi doirasida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"ga yangi elektr uzatish liniyasini qurish, milliy elektr tarmoqlari o‘tkazuvchanligini kengaytirish va ishonchliligini oshirish loyihasini hayotga tatbiq etish uchun 47,1 million dollar miqdorida kredit ajratdi.
Loyiha Erta o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jamg‘armasi va Aksiyadorlar maxsus jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Mablag‘lar Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi Sarimoy va Jonkeldi aholi yashash punktlari o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurishga yo‘naltirilmoqda. Yangi liniya qurilayotgan, umumiy quvvati 1 Gvtli ikkita shamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan bog‘laydi.
Tarmoq shu tarzda kengayishi qayta tiklanadigan energiya manbalarining O‘zbekiston energetika tizimiga yanada integratsiyalashuviga yordam beradi. Bu mavjud elektr uzatish liniyalaridagi yuklamani muvozanatlashga hamda mamlakat shimoliy va janubi-g‘arbiy qismida elektr ta’minotidagi uzilishlar muammosini hal qilishga yordam beradi.
Loyiha elektr ta’minoti tizimi quvvatini yaxshilaydi va tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytiradi. YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink ta’kidlashicha: “O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat, balki barqaror infratuzilmaviy yechimlarga muhtoj bo‘lgan mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. Bizning Bankimiz bunday loyihalarni moliyalashtirish orqali ushbu o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga tayyordir”.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
18:57 / 15.06.2026