Markaz direktori Şoazim Minovarovning ma’lum qilişiça, bugungi kunda 70 foiz quriliş jarayonlari nihoyasiga yetgan. Quriliş jarayonlarini 2023 yil oxirigaça bitiriş hamda 2024 yilning 2-çoragidan ziyoratçilarni qabul qiliş rejalaştirilgan.

Toşkentning Eski şahar qismida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi 7 gektar maydonni egallaydi. Uç qavatdan iborat binoning uzunligi 161 metr, eni esa 118 metr, markaziy gumbaz balandligi 67 metrni taşkil etadi. Binoning jami foydalaniş hududi 4 gektardan oşadi.
Köp tarmoqli ilmiy-ma’rifiy maskan bölişi kutilayotgan markazda Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi, kutubxona, qadimiy yozma manbalar va tarixiy aşyolarni restavratsiya qiliş laboratoriyalari, qölyozmalar va arxiv hujjatlari fondlari, anjumanlar zali hamda ilmiy-tadqiqot bölimlari böladi.

Markazning asosiy atributlaridan biri – Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlikda rejalaştirilgan bölib, zamonaviy texnologiyalar asosida namoyiş etiladigan, islom olamining bebaho merosiga oid turli noyob eksponatlarni öz içiga oladi.

«Binoni qurib qöyiş bitta iş bölsa, uni töldirib, davlat rahbari öylaganidek butun tariximizni bitta joyga töplaş ança vaqt oladi. Muzeyga kirişdagi foyeda 2,80x7 metr hajmdagi 12 ta ravoq bor. U yerda allomalar faoliyati toşlar yordamida miniatyuralaştiriladi.
Foyyeda gumbaz ostidagi juda katta zal – Qur’on zali bor. Zalning örtasidan Usmon Muşafi joy oladi. Prezidentimiz boşidan aytganki, «Örtada Qur’on böladi, çunki hamma narsa Qur’ondan boşlangan». Uning atrofida özimizda boşqa nodir muşaflar, qadimiy Qur’on kitoblari joylaşadi. U yerda qölyozmalarning tarixi haqida ma’lumotlar böladi», – deydi Şoazim Minovarov.



























