10:20 / 12.10.2022
6653

Samarqandda 2021 yilda 74 nafar mansabdor shaxs mast holda transport boshqargani ma’lum qilindi

Mast holda mashina boshqargan yoki mast holda mashina boshqarganlikda gumon qilinganda tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortganlar orasida huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat qiluvchi idoralarning mansabdor shaxslari ham bo‘lgan.

Foto: Fotolia

Samarqand viloyat sudlari tomonidan 2021 yil davomida 49 618 nafar shaxsga nisbatan ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning 37 859 tasi tamomlangan. Shundan 6 506 nafar shaxs mast holda mashina boshqargan, yana 6 400 nafar shaxs mast holda mashina boshqarishda gumonlanganda tekshiruvlardan bo‘yin tovlagan. Ular orasida davlat idoralarida ishlovchi shaxslar va ayollar ham bor.

Jumladan, davlat idoralarida ishlovchi 74 nafar shaxs mast holda avtomashina boshqargan, yana shunchasi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan bosh tortgan. 41 nafar xotin-qiz mast holda avtomashina boshqargani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, mast holda mashina boshqargan yoki mast holda mashina boshqarganlikda gumon qilinganda tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan davlat idorasi xodimlari orasida huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat qiluvchi idoralarning mas’ul mansabdor shaxslari ham borligi ma’lum qilingan.

Top