Bu Uels tarixidagi eng katta baliq, deb xabar berdi BBC.

Saymon Beyti va uning dösti Jyeyson Nott baliq ovidan qaytayotganlarida qirğoqdan 50 kilometr uzoqlikda moviy tunetsni tutişdi. Dastlab, baliq Beytining qarmoğiga ilindi. U bir soat davomida uni suvdan çiqarişga urindi. Söngra qarmoqni Nottga berdi va u işni oxiriga yetkazdi. Baliqçilar tunetsni ölçab, keyin suvga qöyib yuborişdi.

«Bu Uels suvlarida tutilgan eng katta baliqdir. Avvalgi eng katta baliqning vazni 272 kilogramm edi», dedi mahalliy baliqçilik taşkiloti rahbari Julian Lyuis Jons. Uning ta’kidlaşiça, bunday ölçamdagi baliqni ovlaş jasoratdir, çunki uning uzunligi katta akulanikidek.

Atlantika tunetsi 1960-yillarda Buyuk Britaniya qirğoqlaridan deyarli yöq bölib ketdi. Haddan taşqari köp baliq ovlaş va iqlim özgarişi bunga sabab sifatida körsatildi.