Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbadan havo harorati pasayishi kutilmoqda
Joriy yil 17 oktyabrida O‘zbekiston shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublika qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
“O‘zgidromet” bosh direktori Sherzod Habibullayevning ma’lum qilishicha, havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 15-20 darajagacha asta-sekin pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
17-18 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.