Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Pentagondan Ukraina tomonidan Starlink sun’iy yöldoş tizimidan hukumat va harbiy maqsadda foydalanişni moliyalaştirişni söramoqda, deb xabar berdi Amerikaning CNN telekanali 14 oktyabr, juma kuni. Joriy yilning oxiriga kelib, ular, SpaceX ma’lumotlariga köra, 120 million dollardan oşadi. Keyingi 12 oy içida Starlink xizmatlarining narxi taxminan 400 million dollarga baholanmoqda. «Biz Ukrainaga terminallarni kelgusida sovğa qiliş yoki mavjud terminallarni noma’lum muddatga moliyalaştiriş imkoniyatiga ega emasmiz» deya SpaceX’ning davlat sotuvlari böyiça direktori tegişli maktubidan iqtibos keltirgan CNN.

SpaceX tomonidan Pentagonga yuborilgan va telekanal ixtiyorida bölgan hujjatlar orasida iyul oyida Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy tomonidan Maskka jönatilgan sörov ham bor. Unda yana 8000 ga yaqin Starlink terminallarini taqdim etiş söralgan. SpaceX’ning sun’iy yöldoş tizimini moliyalaştirişning imkoni yöqligi haqidagi maktubi, CNN ma’lumotlariga köra, UQK qarşi hujumi paytida Starlink işida keng kölamli uzilişlar böyiça tarqalgan sönggi xabarlar fonida paydo böldi. 

Hozirgaça SpaceX Ukrainaga 20 000 ga yaqin Starlink terminallarini hadya qildi. Ilon Mask avvalroq operatsiya uning kompaniyasiga 80 million dollarga tuşganini aytgan edi. Starlink terminallari yuqori tezlikdagi internetga şaroit mavjud bölmagan joylarda kirişni ta’minlaydi va Ukraina armiyasiga artilleriya zarbalarini muvofiqlaştiriş hamda dronlarni boşqariş imkonini beradi. 

Oktabr oyi boşida Ilon Mask Twitter’da Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi hozirgi vaziyat haqida öz fikrini bildirdi. Xususan, amerikalik milliarder keskinlikning qisqarişiga hissa qöşişi mumkin bölgan qadamlarni sanadi: Ukraina şarqida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda BMT nazorati ostida yangi saylov ötkaziş, bunda aholining xohiş-irodasi hisobga olinişi va natijalar ijobiy bölsa, Rossiyaning u yerdan çiqib ketişi. Qrimning «1783 yildan beri, Xruşçyovning xatosidan oldin bölgani kabi» Rossiya bir qismi sifatida tan olinişi. Qrimni çuçuk suv bilan kafolatlangan ta’minlaş va Ukraina uçun neytral maqom. Keyinçalik Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina yuzasidan muloqot qilgani haqida paydo bölgan miş-mişlarni tadbirkor rad etdi.