Voqea 15 sentabr kuni Çirçiq şahar 9-kiçik nohiya hududida röy bergan. Harbiylar Kapitalbank’ka tegişli ikkita bankomatni buzişga uringan. Öğrilikka uriniş 20 sentabr kuni aniqlangan.

“KAPITALBANK” boşqarma boşliği Denis Koxayev Kun.uz’ga bankning Mirzo Uluğbek filiali rahbari sodir etilgan jinoyat böyiça 24 sentabr kuni Çirçiq şahar IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilganini ma’lum qildi.

Denis Koxayev, “KAPITALBANK” boşqarma boşliği Foto: Kun.uz

“Bankimizning Çirçiq şahrida joylaşgan bankomatlarida noma’lum şaxslar tomonidan buzişga uriniş qayd etildi. Agar zarar haqida gapiradigan bölsam, bankomatlar old qismining ba’zi joylariga şikast yetkazilgan. Lekin ularning içidagi naqd körinişdagi pullarni olişni uddalay olmaganlar”, deydi u.

Röy bergan voqea yuzasidan Çirçiq şahar içki işlar bölimi tomonidan jinoyat işi oçilgan. Aniqlanişiça, uşbu jinoyat 3 nafar harbiy xizmatçi tomonidan sodir etilgan, bugunga kelib ularning şaxsi aniqlangan.

“KAPITALBANK” bankomati Foto: Kun.uz

Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov Kun.uz söroviga javoban holat böyiça 26 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş),169-moddasi (Öğrilik) 2-qismi «v» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi 27 sentabr kuni Çirçiq şahar prokuraturasi iş yurituviga qabul qilingan.

“Olib borilgan tergov harakatlari davomida uşbu jinoyat şartnoma asosidagi 3 nafar harbiy xizmat oddiy askarlari tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Jinoyat işi tergovi davomida 3 nafar şaxs gumonlanuvçi tariqasida jalb qilinib, 1 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Çirçiq harbiy prokuraturasi tomonidan hozir dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda. Ma’lum qilinişiça, uşbu jinoyatga qöl urgan şaxslar IIV Qorovul qöşinlari xizmatçilari bölgan.