Belarusdagi qöşma mintaqaviy kuçlar guruhi deyarli töqqiz ming rossiyalik harbiyni öz içiga oladi. Bu haqda 16 oktyabr, yakşanba kuni Belarus Mudofaa vazirligining xalqaro harbiy hamkorlik bölimi boşliği Valeriy Revenko TASS axborot agentligiga ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, rossiyalik harbiy xizmatçilardan iborat birinçi eşelonlar allaqaçon Belarusga kela boşlagan, «qayta joylaştiriş bir neça kun davom etadi».

Bundan taşqari, Belarus Mudofaa vazirligi mintaqaviy qöşinlar guruhining aviatsiyasi mamlakatga Rossiyadan kela boşlaganini ta’kidladi.

10 oktyabr kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putin qöşma mintaqaviy qöşinlar guruhini joylaştirişga kelişib oldilar. Lukaşenkoning sözlariga köra, Ukraina göyoki Belarusga zarba berişni rejalaştirgan va Belarus çegarasida ikkinçi frontni oçiş jarayoni allaqaçon boşlangan. Bundan taşqari, u Polşa va Boltiqböyi davlatlari öz qöşinlarini Belarus bilan çegarada töplaşayotganini aytdi.

Öz navbatida, Belarus Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğining örinbosari Viktor Tumar mintaqaviy guruhning asosini «tinçlik davridagi ştat böyiça» Belarus bölinmalari, şuningdek Rossiyaning alohida tuzilmalari taşkil etişini aytdi. Belarus Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Minskning Ittifoq davlati qöşinlarini birlaştiriş «faqat mudofaa loyihasi» degan gapini takrorladi. Ayni paytda, uruş boşlanganidan beri Rossiya Ukrainaga zarba beriş uçun Belarus hududidan foydalanmoqda.