16 oktyabr kuni Belgorod oblasti zarba ostida qoldi, regionda havo hujumidan mudofaa tizimlari işlagan. RIA Novosti öz muxbiriga asoslangan holda 16 portlaş haqida xabar bergan.

Gubernator Vyaçeslav Gladkov dastlabki ma’lumotlarga köra bir oilaning uç vakili jabrlangani töğrisida ma’lum qildi. Keyinroq u Belgorod rayonidagi katta yoşli kişida kontuziya kuzatilgani, şuningdek Şebekinskiy okrugida istiqomat qiluvçilardan biri minaga tuşib, tovon qismini yöqotgani haqida xabar berdi.

«Ostorojno, novosti» kanalida joylaştirilgan videolardan birida odamlar aeroportda portlaş röy berganini muhokama qilişgan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.

Gladkov zarbalar kim tomonidan amalga oşirilgani töğrisida töxtalmagan; bungaça u region hududi öqqa tutilişida Ukrainani ayblab kelardi. Ukraina hukumati esa öz qoidasiga köra Rossiya hududi böylab berilgan zarbalar uçun rasman javobgarlikni zimmasiga olmagan.

  • Sönggi kunlarda Belgorod oblasti hududi muntazam ravişda öqqa tutilmoqda. 13 oktyabr kuni Belgorodda köp qavatli uy tomi qulab tuşgandi — taxminlarga köra, bunga havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi tuşişi sabab bölgan. 14 oktyabr kuni esa şaharda raketa zarbalari oqibatida elektr nimstansiyasida, 15 oktyabr kuni — neft bazasida yonğin kelib çiqdi.
  • Bu zarbalar Rossiya Ukraina hududini, jumladan energetika infratuzilmalarini öqqa tutiş sur’atlarini oşirişi fonida berilmoqda. Yoppasiga öqqa tutiş holatlari Qrim köprigidagi portlaşdan keyin boşlangan, FXX bu portlaş uçun javobgarlikni Ukraina maxsus xizmatlariga yuklagan.